calendar 13 Aprel 12:54

“Ekologik Nur” respublika ekologiyachilar forumining 1-kuni bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi va O‘zbekiston Yoshlar harakati tashabbusi bilan “Ekologik Nur” respublika ekologiyachilar forumining 1-kuni bo‘lib o‘tdi.

Forumda respublika bo‘yicha 100 dan ziyod yoshlar qatnashishdi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy hodimlarining “Atosfera havosi yer va suv resurslaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni muhofaza qilish” hamda “O‘simlik va hayvonot olami obyektlaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni muhofaza qilish” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

birds birds