calendar 28 Fevral 15:21

“Yashil yillik” tadbirlarini tezkor va sifatli yoritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining kichik majlislar zalida “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida o‘tkazilgan “Dolzarb 15 kunlik” targ‘ibot tadbirlarini OAVda yoritilganligi hamda ertadan boshlanadigan “Yashil yillik” umummilliy tadbirlari doirasida qilinadigan ishlar bilan keng jamoatchilikni xabardor qilib borish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda targ‘ibot tadbirlarini OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish borasida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, xususan, partiya faoliyati gazetalarda kam yoritilayotganligi, chellenjlar va targ‘ibot videoroliklarini partiyaning o‘z ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilib borishdagi xato va kamchiliklar aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda so‘z olgan “Oila va Tabiat” gazetasi bosh muharriri Husniddin Berdiyev tadbirlarni yoritishda sodda va xalqchil tilda yozishga e’tibor berish, partiya rahbarlari, deputatlar, mutaxassis va mutasaddilar ishtirokida qaynoq nuqtalardan intervyular tashkil qilish kerakligi borasida o‘z takliflarini berdi.

Shuningdek, “Yashil yillik” umummilliy tadbirlari doirasida qilinadigan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazishda OAV, jurnalist va blogerlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ko‘chat ekish aksiyalari va targ‘ibot tadbirlarini tezkorlik bilan yoritib borish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

 

O’zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

birds birds