calendar 14 Oktabr 15:43

Narzullo Oblomurodov "Jayron" pitomnigida bo‘ldi

Narzullo Oblomurodov "Jayron" pitomnigida bo‘ldi

 

Ekologik partiyadan prezidentlikka nomzod N. Oblomurodov Buxoro viloyatiga safari davomida Buxoro ixtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigida ham bo‘ldi.

 

Uchrashuvda pitomnik xodimlari nomzodga pitomnikning tarixi, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar va kelajak rejalari haqida ma’lumot berdi.

 

1970 yillarda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan jayronni ko‘paytirish tabiatdagi sonini qayta tiklash maqsadida yuqorida qayd etilgan jayron yashab kelgan davlatlar hududida 13 ta pitomniklar tashkil etilishi rejalashtirilgan va natijada 1980 yilga qadar 7 ta pitomnik tashkil qilishga erishilgan. Shulardan biri O‘zbekistondadir. Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigi 1977 yilda tashkil etilgan.

 

Pitomnik:

Noyob va yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini tabiatdagi sonini qayta tiklash uchun ko‘paytirish va biologiyasini o‘rganish;

Janubi-G‘arbiy Qizilqum cho‘lining o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish;

Tabiat resurslaridan oqilona foydalanish;

Ekologik turizm va ekologik ta’lim bilan shug‘ullanadi.

 

2021 yil 2-3 oktabrda o‘tkazilgan hayvonlarni hisobga olish tadbirida 1192 bosh jayron, 202 bosh turkman quloni va 18 bosh prjeval oti hisobga olingan. 

 

2021 yilgi yoz mavsumida havo haroratining nisbatan yuqori bo‘lishi pitomnikda ko‘paytirilayotgan hayvonlarning tabiiy yashash hayot tarziga salbiy ta’sir o‘tkazishining oldini olish maqsadida doimiy biotexnik tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu bilan birgalikda hayvonlarni qish mavsumida qo‘shimcha oziqlantirish uchun ozuqa zahirasini yaratish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

 

Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigining yana bir o‘ziga xos tomoni bu ekologik turizmni rivojlantirish hisoblanadi. Bu yo‘nalishda ayni vaqtda pitomnikka tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarga taklif etiladigan 8 ta ekoturistik marshrut yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Ushbu marshrutlarda sayohat qilish orqali Qizilqum cho‘lining Janubi-g‘arbiy qismi florasi va faunasi bilan yaqindan tanishish, pitomnikda ko‘paytirilayotgan noyob turlar populyasiyasini bevosita kuzatish imkoni mavjud.

 

— Hayvonlar bizning g‘amxo‘rligimizga muhtoj. Ularni hamisha asrashimiz zarur. Afsuski, ularni ovlovchi,brokonerlar ko‘p. Biz shunday insonlarni ham to‘g‘ri yo‘lga solishimiz kerak. Endi albatta, faoliyatni yanada kengaytirish va malakali kadrlarni ham yetishtirish lozim,— dedi Narzullo Oblomurodov.

Suhbat yakunida prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov sayyohlarga zarur infratuzilma yaratish hisobidan pitomnikning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, bu yerdagi kuzatuv minoralariga zamonaviy raqamlashtirilgan uskunalarni o‘rnatish inspektorlarning cho‘l hududida tezkor harakatlanish imkoniyati mavjud transport vositalari bilan ta’minlash, qish mavsumi uchun ozuqa zaxirasini ko‘paytirish, xududda yana ko‘plab imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Narzullo Oblomurodov "Jayron" pitomnigi hududida o‘z an’anasiga ko‘ra daraxt ekdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmat

birds birds