calendar 05 Aprel 12:49

“Eko-Soat” loyihasining navbatdagi soni jonli muloqot tarzida bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 6 - aprel kuni soat  16:00 dan 17:00 ga qadar  7 - aprel — “Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida  “Eko-Soat” loyihasining navbatdagi soni jonli muloqot tarzida bo‘lib o‘tadi. 

 

Doimgidek jonli studiyada partiya faollari, deputatlar va sohaga oid vakolatli davlat organlarining mutaxassislari ishtirok etadi. 

 

Shuningdek, atrof-muhit muhofazasi va atmosferaga zararli gazlarning tarqatilishi natijasida aholi salomatligiga zarar yetkazayotgan ishlab chiqarish ob’ektlariga oid ko‘tarilgan muammolarni hal etish uchun tegishli tashkilotlarga yuborilishi hamda nazoratga olinishi ham ko‘zda tutilgan.

 

Eko-Soatning navbatdagi sonida ishtirok eting va o‘zingizni qiynab kelayotgan savollar hamda  muammolar bo‘yicha murojaat yo‘llang.

 

O‘z navbatida ushbu muammolarga birgalikda albatta yechim topamiz.

 

Jonli efirda ishtirok etish uchun👇

https://www.facebook.com/ecopartyuzb

birds birds