calendar 06 Noyabr 09:34

Bilasizmi?

Shumtol — zaytundoshlarga mansub daraxtlar turkumi. Tabiiy hodda uchraydigan 65 turi ma’lum. Markaziy Osiyo tog‘lari yon bag‘irlarida va tog‘ daryolari vodiylarida o‘sadi.

 

Markaziy Osiyoning shahar va qishloqlarida Pensilvaniya shumtoli (qora shumtol), oddiy shumtol, Amerika shumtoli (oq shumtol), bezakli shumtol va nashtarbarg shumtol turlari manzarali daraxt sifatida ekiladi.

 

Shumtol yorug‘sevar, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik. Ko‘klamgi qorasovuqlardan ko‘proq zararlanadi. Daraxtlari 150-350 yil yashaydi, 15-20 yoshida gullaydi. Ildizi baquvvat, yon tomonga keng tarqalgan.

birds birds