calendar 02 Noyabr 07:05

Tuproq eroziyasi

Tuproq eroziyasi (lot. erasio yemirilish, nurash) — tuproqning eng unumdor yuqori qatlamlari va tuproq osti jinslarining atmosfera yog‘inlari hamda sug‘orish suvlari, shamol va boshqalar ta’sirida yemirilish jarayoni. Yuz berish darajasiga ko‘ra, tabiiy va jadallashgan (yemiradigan) turlarga bo‘linadi. 

 

Tabiiy tuproq eroziyasi nisbatan sekin kechib, tuproq tabiiy hosil bo‘lish jarayonida qayta tiklanib turadi. 


Jadallashgan tuproq eroziyasi odamning xo‘jalik faoliyati (madaniy o‘simliklarni o‘stirishda yerdan noto‘g‘ri, o’quvsiz foydalanish, eroziyaga qarshi tadbirlarga rioya qilmay yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orish, chorva mollarni boqish, o‘rmonzorlarni yo‘q qilish, qurilish ishlarini olib borish va boshqalar) natijasida yuz berib, tuproq unumdorligini sezilarli darajada pasaytirib yuboradi.

birds birds