calendar 26 Yanvar 09:31

Ekologiya qo‘mitasi O‘zbekistondagi suv qushlarini sanab chiqmoqda

Davlat ekologiya qo‘mitasi va xamkor tashkilotlar tomonidan suv qushlarining qishki sanog‘ini o‘tkazish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Qushlarning yashash tarzi va turlarini o‘rganish orqali ularning biologik xilma-xillikni saqlash maqsad qilingan.

 

Dastlabki sanoq ishlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Tolimarjon”, “Nog‘ayli”, “Qamashi”, “Chimqo‘rg‘on”, “Qorabog‘” suv omborlari va “Sechan ko‘l”, “Achin ko‘l” kabi tabiiy suv havzalarida amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida ushbu suv havzalarida noyob, mavsumiy va doimiy yashaydigan qushlarning 100 dan ortiq turi aniqlandi.

 

Endilikda ilmiy jamoa Surxondaryo viloyatidagi Amudaryo sohillari va “Janubiy Surxon”, “Uchqizil”, “Oqtepa” suv havzalarida qishlovchi qushlarni sanoqdan o‘tkazmoqda.

birds birds