calendar 02 Noyabr 06:43

Bilasizmi?

Bo‘ri, qashqir (Canis lupus) — itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. 

 

O‘zbekistonning cho‘l, dashtlari, o‘rmon, to‘qay, tog‘ va tog‘ etaklarida tarqalgan; qor va muz bilan qoplangan baland tog‘lar va tundrada ham yashaydi. Bo‘ri qoyalar orasiga, to‘qaylik va jarliklarga, quruq qamishzorlarga in quradi. Tulki inlaridan ham foydalanadi. 

 

Bo‘ri inida bolalaydi va bolalarini parvarish qiladi.


Bo‘rining 12 ta kenja turi bor. O‘rta Osiyoning cho‘l, dasht va past tog‘larida cho‘l bo‘risi, Pomir tog‘larida tibet bo‘risi kenja turlari yashaydi. 

 

Ba’zan qora bo‘ri ham uchraydi. O‘zbekistonda cho‘l bo‘risi tarqalgan.

birds birds