calendar 04 Oktabr 10:58

Uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod N.Oblomurodovning saylovoldi dasturiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Unda nomzodning viloyatdagi  ishonchli vakili Sh.Pardaev universitetning professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, saylovoldi dasturda belgilangan maqsadlardan biri — Energetika sohasining asosiy drayveri innovatsion texnologiyalar ekanini inobatga olgan holda energetika sohasini tubdan modernizatsiya qilish orqali iqtisodiyotda ikki karra energiya samaradorligiga erishish, energiya iste’moli tejamkorligini rag‘batlantirishning huquqiy asoslarini yaratish, qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari sohasida bozor mexanizmlarini tadbiq etish, energiya resurslari bozorida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, “yashil” tariflarni joriy etish, yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari ulushini umumiy energiya balansida 40 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

 

Uchrashuv qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

birds birds