calendar 09 May 10:02

Inson — aziz, qadr — muqaddas, xotira esa o‘chmasdir

O‘tganlarni xotirlash, ularning haqqiga duo qilish, keksa va nuroniylarni yo‘qlash, ularning holidan xabar olish xalqimizga xos eng yaxshi odatlardan biridir.

 

Bugun, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tganlar xotirlanib, ne-ne mashaqqatu og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazgan va bugungi dorulomon kunlarni ko‘rayotgan yoshi ulug‘ otaxonu onaxonlarimiz yo‘qlanib, ularning duolari olinmoqda.

 

II jahon urushida O‘zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etdi. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo‘ldi.

 

Jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizning oxiratlari obod bo‘lsin, oramizda borlariga esa uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz.

 

Xotira va qadrlash kuni barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin!

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi.

birds birds