calendar 26 Aprel 04:26

Mirobod tumanida “Yashil va obod Toshkentim” mavzusida ekologik hashar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23 aprel kuni poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan “Furqat” bog‘ida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti va Mirobod tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil va obod Toshkentim” mavzusida ekologik hayriya hashari bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti va tuman Kengashi vakillari, Mirobod tumani hokimligi, Tuman korxona va tashkilotlari, maxalla faollari, Toshkent davlat transport universiteti talabalari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari hamda Ekopartiya faollari ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyixasi doirasida daraxtlar va bo‘ta ko‘chatlarini ekishxamdao‘sib kelayotgan yosh avlodlarimizda ekologik bilimni rivojlantirish, yurtdoshlarimiz ko‘nglida tabiatga, o‘simlik dunyosiga, hayvonot olamiga mehr-muruvvatni kuchaytirish xamda shu yo‘l bilan jamoatchilikning diqqatini xozirgi kundagi mintaqamizdagi ekologik muammolarga qaratishdan iborat.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Hayrulla Lutpullaevich Gapparov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Saidrasul Saidakbarovich Sanginov, Davlat Ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Sdikbekovich Kazbekovlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, «Yashil makon» umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas» 

Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va e'tibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi

Buning uchun bizdan talab qilinadigan birgina narsa, tabiatni toza-ozoda saqlagan holda yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt ko‘chatlarini ekib, bog‘ yaratishdir.

 

Ekologik hasharda “Furqat” bog‘i hududiga 200 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputatlari Qahramon Husanov, Furqat Abdullaev va Yevgeniy Tenlar homiyligi hamda tashabbusi bilan tumanda istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning vakillariga “Ramazon tuxfasi” sovg‘alari ulashildi.

 

Shuningdek, tadbirda Ekofaollarni partiya a'zoligiga qabul qilinib, guvoxnomalar topshirildi xamda tadbir ishtirokchilarning madaniy xordiq chiqarishlari uchun san'at ustalari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

birds birds