calendar 26 Yanvar 09:50

Mamlakatimizda 2023 yilning yakuniga qadar umumiy quvvati 1 096,6 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi

Mamlakatimizda 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi evaziga atmosferaga tashlanmalar sezilarli darajada kamayadi.

 

2023 yilning yakuniga qadar umumiy quvvati 1 096,6 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. 

 

Xususan, Jizzax va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 220 MVt bo‘lgan 2 ta hamda Surxondaryo viloyatida quvvati 456,6 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi. Shuningdek, Navoiy viloyatida quvvati 200 MVt bo‘lgan yana bitta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi nazarda tutilmoqda.

 

Ma’lumki, 2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida respublikadagi birinchi 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilib, buning natijasida yiliga 80 mln metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishi evaziga atmosferaga 160 ming tonnaga yaqin bug‘ gazlari tashlanishining oldi olinmoqda. 

 

Ta’kidlash joizki, respublikada yiliga qariyb 1,0 mln tonna tashlanmalar turg‘un manbalardan atmosferaga tashlanib, umumiy tashlanmalarning 20 foizdan ortig‘i energetika sohasiga to‘g‘ri keladi.

birds birds