calendar 30 Sentabr 18:10

Bektemirda saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti tomonidan Bektemir tumanida joylashgan Bektemir tumani Madaniyat markazida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Narzullo Oblomurodovning Respublika bo‘yicha ishonchli vakili Hayrullo Gapparov Lutpillayevichning saylovchilar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

 

Mazkur uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spiker o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti xodimlari, Bektemir tumani aholisi va OAV vakillari faol ishtirok etdilar.

 

Uchrashuv davomida Respublika bo‘yicha ishonchli vakil tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning saylovoldi dasturi yig‘ilganlarga tanishtirildi.

 

Uchrashuv mamlakatimizdagi ekologik muammolar bilan bog‘liq qizg‘in savol- javoblarga boy bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Toshkent shahar partiya tashkiloti

birds birds