calendar 05 Oktabr 02:59

Ekopartiya rahbari Piskentdagi maktab-internatida

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov bugun Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi 79-ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatida bo‘ldi.

Piskent tumani

Mazkur muassasada bugungi kunda 180 nafar bola ta’lim-tarbiya oladi. 

Bu yerda o‘quvchilarga duradgorlik, zargarlik, kulolchilik, dekorativ bezak berish, sartaroshlik, tikuvchilik va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida ta’lim beriladi va ularning jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashiladi. 

Partiya rahbari ta’lim muassasasi o‘qituvchilarini 1 oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabrikladi. Maktab-internatda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.  

Piskent tumani

— Men oliy ta’lim tizimida ishlaganman. Shu bois o‘qituvchilik kasbi mashaqqatli bo‘lishi bilan birga sharafli ekanini dildan his qilaman, dedi N.Oblomurodov.

Ekopartiya raisi eng asosiysi, yoshlarni, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni sifatli ta’lim bilan qamrab olishi muhim ahamiyat kasb etishini, bu yerda ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarda ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlash va ular atrofdagilarning doimiy mehribonchiligini his qilib yashashi kerakligini ta’kidladi. 

Piskent tumani

Shuningdek, N.Oblomurodov maktab-internat hududiga manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish, ularning parvarishi bilan alohida shug‘ullanish lozimligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Piskent tumani

   Tadbir maktab-internat tarbiyalanuvchilarning badiiy chiqishlari bilan davom etdi.

 

birds birds