calendar 30 Sentabr 18:09

Toshkent viloyatida ham saylovoldi uchrashuvlari qizg‘in o‘tmoqda

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «Botanika» sanatoriyasida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Naimovich Oblomurodovning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Nosirjon Aminov Qibray tumani partiya tashkiloti elektorati, sog‘liqni saqlash muassasalari, keng jamoatchilik va OAV vakillari, xudud aholisi bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Furqatjon Axmedjanov kirish so‘zi bilan ochib, partiyaning jamiyat hayotidagi muhim o‘rni xususida to‘xtaldi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili, Nosirjon Aminov ishtirokchilarga tanishtirildi.
Shundan so‘ng, ishonchli vakil uchrashuv ishtirokchilarini O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Narzullo Naimovich Oblomurodovning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturida ilgari surilgan asosiy yettita yo‘nalish hamda ularda nazarda tutilgan istiqbolli vazifalar bilan yaqindan tanishtirdi.


“Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida saylovoldi dasturining bosh maqsadi – mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil taraqqiyot tamoyillarini iqtisodiyotning barcha sohalariga keng joriy etish orqali xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlari yaratish hamda farovon jamiyat barpo etishdir.

 

Uchrashuvda joriy yilning 24 oktabr kuni o‘tkaziladigan muhim siyosiy jarayon – Prezident saylovida barcha yurtdoshlarimizni faol qatnashishga, O‘zbekiston Ekologik partiyasi nomzodini to‘la qo‘llab-quvvatlagan holda unga ovoz berishga chaqirildi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili bilan uchrashuvlar viloyatning shahar va tumanlarida davom etmoqda. Uchrashuv so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni olishdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi 

Matbuot xizmati

 

birds birds