calendar 19 Yanvar 14:25

Mahalliy hamjamiyatlar uchun arzon “yashil” texnologiyalar

2022 yil 18 yanvar kuni O‘zbekiston nodavlat notijorat Ekoforumi tomonidan “O‘zbekistonda mahalliy hamjamiyatlar uchun arzon “yashil” texnologiyalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

Tadbir Yevropa Ittifoqining ko‘magida amalga oshtirilgan “Innovatsion O‘zbekiston” loyihasi doirasida mahalliy hamjamiyat darajasida arzon “yashil” texnologiyalarni targ‘ib qilishga qaratilgan.

 

Davra suhbati ishtirokchilari Ekoforum a’zolari tomonidan nashr etilgan “O‘zbekistonda mahalliy hamjamiyatlar uchun arzon “yashil” texnologiyalar” to‘plamini muhokama qilishdi.

 

 Tadbirda “Suvchi” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Tohir Majidov, “Orol dengizi va Amudaryoni muhofaza qilish ittifoqi” rahbari Yusup Kamolov, Navoiy viloyati “Tumaris” ayollar yoshlar markazi direktori Natalya Narbekova,  “KRASS” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Liliana Sin va mazkur to‘plamdagi maqolalarning boshqa mualliflari o‘z texnologiyalarni taqdim etishdi.

 

Ushbu texnologiyalar O‘zbekistonning turli hududlarida aniqlangan muammolar va iqlim o‘zgarishining kichik fermer xo‘jaliklariga ta’sirini yumshata oladigan mavjud arzon texnologiyalardir.

 

Dunyoning turli burchaklarida, jumladan, O‘zbekistonda ham mahalliy hamjamiyatlarning iqlim o‘zgarishiga moslashishiga yordam beradigan texnologiyalar allaqachon ishlab chiqilgan va joriy qilingan. Muhokama shuni ko‘rsatdiki, muayyan jamoalarning ehtiyojlari va salohiyatini tahlil qilish hamda mahalliy, milliy va xalqaro darajada qanday yechimlar mavjudligini aniqlash muhim.

 

20 bobdan iborat “O‘zbekistonda mahalliy hamjamiyatlar uchun qulay “yashil” texnologiyalar” nashri ushbu masalani tushunishga yordam beradi.

To‘plamni birinchi “Iqlim o‘zgarishi va mahalliy jamoalar” bobida iqlim o‘zgarishi muammosi yil sayin butun dunyo uchun, xususan, O‘zbekiston uchun yanada dolzarb bo‘lib borayotganining asoslariga bag‘ishlangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga borib sayyoramizda suv resurslari taqchilligi 40 foizga yetishi mumkin. O‘zbekistonda so‘nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv ta’minoti ikki barobar kamaydi. Ushbu muammolarni mahalliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda hal etish bo‘yicha qanday tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda? Ushbu savolga to‘plamni birinchi bobdan batafsil javob olish mumkin.

 

Nashrni ikkinchi bobida O‘zbekistonda mahalliy hamjamiyatlarning arzon “yashil” texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘z aksini topgan.

 

2020-yildan boshlab mamlakatimizda Yevropa Ittifoqi ko‘magida “Innovatsion O‘zbekiston” 2020-2022” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning asosiy maqsadi mahalliy hamjamiyatlarga va nodavlat notijorat tashkilotlariga “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shish hamda O‘zbekistonda yanada ekologik toza va tejamkor texnologiyalar va amaliyotlarni joriy etishga imkon berishdan iborat.

 

Loyiha davomida mamlakatimizning turli hududlarida treninglar va o‘quv seminarlar o‘tkazilib, ular doirasida mahalla vakillarining o‘zlari muayyan hududda eng tezkor hal etishni talab qiluvchi asosiy ijtimoiy va ekologik muammolarni aniqladilar.

 

Seminarlarda bugungi kunda qimmatbaho markazlashtirilgan suv ta’minoti tizimlaridan, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda arzonroq usullarga o‘tish imkonini yaratayotgan arzon “yashil” texnologiyalar ko‘rib chiqildi. Ular suv resurslaridan barqaror foydalanish bo‘yicha davlat dasturlari xarajatlarini sezilarli darajada soddalashtiradi va kamaytiradi, tabiiy ekotizimlarga yukni kamaytiradi, aholi xarajatlarini kamaytiradi va mahalliy aholi, ayniqsa, xotin-qizlarning hayot sifatini yaxshilaydi.

 

To‘plamni uchinchi bobida xorijdagi imkoniyatlar tahlili - O‘zbekistonda talab qilinadigan Yevropa texnologiyalari va dizaynlari yoritilgan.

 

Ekologik muammolarni hal qilishda “yashil” texnologiyalar Yevropa mamlakatlarida allaqachon faol rivojlanmoqda:

 

Daniyada - qayta tiklanadigan, birinchi navbatda shamol energiyasi sohasida;

 

Germaniyada havo ifloslanishini nazorat qilish, Ispaniyada quyosh energiyasi va Gollandiyada binolar yoritishda energiya samaradorligi bo‘yicha. Nashrning uchinchi bobida shu haqida batafsil, tushunarli va qiziqarli misollarni topish mumkin. Xususan, yomg‘ir suvini ushlab turish va tomdagi “yashil” maydonlar orqali yuqori bug‘lanish yomg‘ir suvining kanalizatsiyaga tushishiga to‘sqinlik qilish, kirli maishiy suvni texnologik suv sifatida ishlatish orqali maishiy ichimlik suvi iste’moli aholi jon boshiga kunlik iste’molning kamida uchdan biriga (hojatxonalarni yuvishda) kamaytirish va boshqa masalalar to‘g‘risida.

 

Nashrni to‘rtinchi bobida texnologiyalar va dizaynlarni joriy etish uchun potensial donorlar va boshqa moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan.

 

2019-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri innovatsiyalar va samarali “yashil” investitsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirishdan iborat. Ushbu bo‘limda “yashil” texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha samarali loyihalarni moliyalashtirishni qaerdan izlash, qaysi qonunchilik bazasiga tayanish kerakligi batafsil bayon etilgan.

 

To‘plamni beshinchi bobida mahalliy imkoniyatlar va tashabbuslari tahlil qilindi. Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining mahalliy hamjamiyat va mahalliy hokimiyat organlarini arzon “yashil” texnologiyalarni joriy etishga safarbar etishdagi roliga alohida e’tibor qaratildi.

 

Saidrasul Sanginov,

 O‘zbekiston NNT Ekoforumi Kengashi a’zosi

birds birds