calendar 07 Oktabr 08:27

Namanganda saylovoldi uchrashuvi

6 - oktabrda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov Namangan shahridagi Madaniyat markazida namanganlik saylovchilar bilan uchrashdi.

 

Unda partiya faollari, deputatlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov saylovoldi dasturining eng ustuvor yo‘nalishlariga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Ular orasida aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashda, ekologik muammolarni izchil hal qilishda va iqtisodiy rivojlanishda jamiyatning barcha kuchlarini birlashtirish bor.

Uning ta’kidlashicha, saylovoldi dasturida mamlakatni rivojlantirish yo‘llari va birinchi navbatda, ekologik vaziyatni yaxshilash, xalqimizning turmush darajasi va sifatini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni hal qilish yo‘llari ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga  Narzullo Oblomurodov iqlim o‘zgarishi muammosini ham e’tibordan chetda qoldirmagan. Uning saylovoldi dasturida Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash uchun amaliy ishlar qilinishi ta’kidladi.

 

Narzullo Oblomurodov Ekologik partiya yashil taraqqiyot hamda yashil iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirishning tarafdori ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Kelajakda yashil iqtisodiyot taraqqiy topgan, qayta tiklanuvchi energiya hamda resurs tejamkor texnologiyalar joriy etilgan zamonaviy raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishni asosiy maqsad qilgan.

Uchrashuv ishtirokchilariga Ekopartiyaning "Mo’ynoqga madad" shiori ostidagi keng ko‘lamli aksiyasi haqida eslatib, Narzullo Oblomurodov ushbu aksiya doirasida Namangan viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar juda yuqori saviyada tashkil etilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Prezidentlikka nomzod ekologik madaniyatni shakllantirishga, mamlakat aholisining tabiiy muhitga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, jamoatchilikni ekologik nazorat bo‘yicha tadbirlarga jalb qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Nomzod, shuningdek, Namangan viloyati aholi punktlarida yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha maxsus choralar ko‘rish zarurligini  aytib o‘tdi.

U namanganliklarni ekologik jarayonlarda, atrof muhit muhofazasida hamisha ilg‘or bo‘lishga chaqirdi.

 

Narzullo Oblomurodov namanganliklar juda tashabbuskor  ekanlini va viloyatda bir qator yangiliklar joriy etilganini ta’kidladi. Xususan, viloyatda sayyohlar oqimini oshirish, mehmon uylarini ko‘paytirish va turizm sohasida kadrlar tayyorlash borasida ko‘p ishlar qilindi.

 

Prezidentlikka nomzod o‘z so‘zida namanganliklarni gulchilik sohasida dunyoda o‘z so‘zini aytishlari kerakligini ta’kidladi. Bu bo‘yicha gulchilik bilan shug‘ullanadigan aholiga imkoniyat va sharoitlar yaratish, ularning faoliyatlarini yoritish va hali yurtimizda parvarishlanmagan gullarni olib kelish hamda ko‘paytirish lozimligi qayd etildi.

Uchrashuvdan so‘ng  Narzullo Oblomurodov Namangandagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida bo‘ldi. Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov bog‘da amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, Ekopartiya tomonidan tashkil etilgan daraxt ekish aksiyasida ishtirok etdi.

 

Shundan so‘ng Narzullo Oblomurodov O‘zbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyat kengashi yangi binosiga bordi va u yerda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Partiya faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

  Narzullo Oblomurodov  "Namangan musaffo iqlim" mas’uliyati cheklangan jamiyatga ham bordi. Ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyat chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan yirik klasterlardan biri sifatida tashkil etilgan bo‘lib, uning hisobida 160 tadan ortiq maxsus texnikalar mavjud va klaster bir kunda aholidan 1000 kub atrofida chiqindini olib ketadi.      

 

   Korxona mas’ullarining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda aholiga xizmat ko‘rsatish qamrovi 2 million 800 ming aholini 71 foizni tashkil etadi. 2022 yilga kelib qamrov darajasini 100 foizga olib chiqish rejalashtirilgan.

Narzullo Oblomurodov korxona faoliyati bilan tanishish chog‘ida, u joylarda ushbu ishlar tajribasini tarqatish va shaharda hosil bo‘ladigan qattiq chiqindilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish lozimligi ta’kidladi.

 

Narzullo Oblomurodov klaster faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

 

Narzullo Oblomurodov “Musaffo iqlim” MChJda maxsus avtomobillarni qayta ta’mirlaydigan mexanik ayol Adiba Rahimova bilan ham suhbatlashdi. Adiba Rahimova maxsus avtotransportlarni ta’mirlash bilan 35 yildan buyon shug‘ullanib keladi.

 

Narzullo Oblomurodov  har qanday sinovga dosh bera olgan bu ayol sabr-matonatda ko‘pchilikka o‘rnak bo‘la olishini ta’kidladi.

 

 

O’zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

birds birds