calendar 07 Yanvar 10:18
“O‘zbekiston uchun 100 ta g‘oya”

Ekoturizmni rivojlantirish loyihasi “O‘zbekiston uchun 100 ta g‘oya”dan o‘rin oldi

“Qaraqalpaqstan ekologiyasi” gazetasining xabar berishicha, 2021-yilning 21-22-dekabr kunlari “O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston uchun 100 ta g‘oya” loyihasining respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Ekoturizmni rivojlantirishga oid yangi g‘oya ilgari surilgan va kuchli yuztalikdan o‘rin olgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi boshlig‘ining maslahatchisi Ulbosin Mirzanazarovaning ta’kidlashicha, mazkur loyiha Orol dengiziga O‘zbekistonlik hamda xorijiy jurnalistlar, blogerlar, inflyuyenserlar ishtirokida media-tur tashkil etish, Ustyurt tekisligida sayg‘oqning, Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervatida A-380magistral yo‘li bo‘yida Buxoro bug‘usining, Mo‘ynoqda flamingo qushining, Chimboyda esa Turon yo‘lbarsining esdaliklari (selfi-ob’yektlar)ni o‘rnatish, “Mo‘ynoqning moʻjizaviyi manzaralari” nomli raqamli kartinalar majmuasini tashkil etishdan iborat.

 

 

Manba: “Qaraqalpaqstan ekologiyasi” gazetasi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining axborot xizmati

birds birds