calendar 29 Avgust 20:20

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Oblomurodov Narzullo Naimovich dasturining asosiy yo‘nalishlari TEZISLARI

Assalomu alaykum, hurmatli delegatlar!
Partiyamiz faollari!
Muhtaram mehmonlar!
   Bugun biz sizlar bilan tarixiy kunlarda, ya’ni mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk, olamshumul voqea O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinganligining 30 yilligi arafasida uchrashib turibmiz.
    Mustaqillik yillarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi. O‘tgan o‘ttiz yil davomida elimiz boshiga qancha og‘ir sinov va mashaqqatlar tushmasin, ularning barini mardona engib, katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
    So‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatimizning barcha jabhalarida, ayniqsa, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda tub burilishlar yasadi. Jamiyat hayotini tubdan yangilash borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi, mamlakatimizda yangi ijtimoiy-siyosiy muhit yuzaga keldi, haqli ravishda Yangi O‘zbekiston tushunchasi paydo bo‘ldi.
   Mana, so‘nggi ikki yildan buyon jahon miqyosida davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz butun insoniyatni og‘ir sinovdan o‘tkazmoqda. Pandemiyaning barcha qiyinchiliklari, ulkan yo‘qotishlari mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Shunga qaramasdan xalqimiz bu sinovlarni matonat bilan engib, o‘zaro hamjihat va birdamlikda mustaqil taraqqiyot yo‘lida dadil odimlamoqda.
    Butun dunyoda, atrof-muhit va ekologik holat yildan-yilga o‘zgarmoqda. Global iqlim o‘zgarishlari, havo haroratining ko‘tarilishi, qurg‘oqchilik kabi ekologik tahdidlar bizning mintaqamizga ham bevosita daxldor. Orol dengizining qurishi, yer va suv resurslaridan nooqilona foydalanish, biologik xilma-xillikning qisqarishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlashuvi, ko‘p miqdordagi sanoat va maishiy chiqindilarning to‘planishi ekologik muammolarni kundan-kunga chuqurlashib borayotganidan dalolat byermoqda.
Bugun ekologik vaziyat har bir mamlakatda, qolavyersa, dunyo hamjamiyatida eng o‘tkir va dolzarb muammolar qatoriga allaqachon kirib bo‘ldi. Shu vaqtgacha atrof muhit muhofazasi, ekologik vaziyatning og‘irligi ma’lum bir hududlar yoki mintaqalar bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib bu masala umuman chegara bilmaydi, bu muammolarning ayanchli oqibatlari hech bir mintaqa, hech bir hudud, qolavyersa, biron bir mamlakatni chetlab o‘tmaydi.
    Shuning uchun ham mamlakatda atrof-muhit holatini yaxshilash va ekologik muammolarni yaxlit holda hal etishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish har doimgidan-da dolzarb va muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonning nafaqat bugungi hayoti, balki ertangi kuni, farzandlarimiz kelajagi uchun ham atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash eng ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.
Aziz do‘stlar!
    Xabaringiz bor, shu kabi tabiiy va real ehtiyojlar tufayli O‘zbekiston Ekologik partiyasi yangi siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdi. Biz mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni izchillik bilan hal etish hamda iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda jamiyatning barcha kuchlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadini oldimizga qo‘ydik.
    Mana shunday ulkan maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakat siyosiy maydonida ilk bora Prezident saylovlarida ishtirok etishga qaror qildi.
   “Biz kelajak uchun javobgarmiz” degan hayotbaxsh g‘oya O‘zbekiston Ekologik partiyasi mafkurasining asosiy yo‘nalishi sanaladi. Bu g‘oyani amalga oshirishda, qolavyersa, izchil ekologik siyosatni olib borish va siyosiy tashabbuslarni tadbiq etishda, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, atrof muhit va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, ekologik muammolarni hal etishda, tizimli o‘zgarishlarga yo‘naltirilgan amaliy choralarni ko‘rishda partiyaning prezidentlik saylovida ishtirok etishi nihoyatda muhim voqea hisoblanadi.
    2019 yil 22 yanvarda davlat ro‘yxatidan o‘tgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi qisqa muddat ichida jamiyatning faol qismi sifatida shakllandi, o‘tgan parlament saylovlarida munosib ishtirok etib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 15 nafar deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi. Ekopartiyadan xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 609 nafar, shu jumladan, viloyat kengashlariga – 84 nafar, tuman (shahar) kengashlariga – 525 nafar deputat saylanib, bugungi kunda partiyamiz dasturiy g‘oyalarini amalga oshirish uchun faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Ekologik partiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 14 ta, tuman (shahar)larda 206 ta partiya tashkilotlari, shuningdek, 4 mingdan ortiq korxona va tashkilotlarda tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
    O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkil qilinganiga endi ikki yarim yil bo‘lsada, hozirga kelib uning a’zolari soni salkam yarim millionga etdi. Bu ham xalqimizning ekologiya, tabiat, atrof muhit masalalariga, ekopartiya g‘oyalariga befarq emasligidan dalolatdir. Partiyamiz ilgari surayotgan ekologik masalalar jamiyatimizning buguni va ertangi kuni uchun ahamiyatli hamda dolzarb ekanligi bois ham o‘z ixtiyori bilan, ongli ravishda biz targ‘ib qilayotgan islohotlarning mohiyatiga tushinib safimizga qo‘shilayotgan turli soha vakillari juda ko‘p.
Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi ilk bor O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etmoqda. Mamlakat hayotida katta voqea hisoblangan bu siyosiy jarayonda partiyaning ishtirok etishi, mamlakatimizning rivojlanishi va ertangi kuni bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim tashabbuslarni ilgari surishi birinchi navbatda ekologik holatni yaxshilash, xalqimizning hayot darajasi va sifatini oshirish, o‘tkir ijtimoiy muammolarni hal etish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib byeradi.
2021 yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylov yangi me’yoriy huquqlar asosida, xalqimizning siyosiy tafakkuri tobora yuksalib borayotgan ochiqlik va oshkoralik muhitida o‘tishi bilan oldingi saylovlardan butunlay farq qiladi.
    Shularni hisobga olgan holda partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosib ishtirok etish choralari ko‘rilmoqda. Ko‘p sonli partiya a’zolarimiz, deputatlarimiz va ekspyertlar bilan birgalikda saylovoldi dasturimizni ishlab chiqdik.
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
    Sizlarga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, saylovda har bir siyosiy partiya o‘zining saylovoldi dasturi bilan ishtirok etadi. Saylovoldi dasturi orqali partiya saylovchilar e’tiboriga mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid maqsadlarini havola qiladi. Ekologik muammolar va ularning echimiga jamiyat e’tiborini qaratish, inson salomatligini asrash va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasida mamlakat oldida turgan muhim masalalarni hal etishni o‘z zimmasiga olgan ekopartiya uchun bu qanchalik ahamiyatli ekanini ortiqcha izohlashga hojat yo‘q deb o‘ylayman.
    Ijozatingiz bilan bugun saylovoldi dasturimizning asosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tsam.
    “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida saylovoldi dasturimizning bosh maqsadi – mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil taraqqiyot tamoyillarini keng joriy etish orqali xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlari hamda farovon jamiyat barpo etishdan iboratdir. Bu yo‘lda quyidagi yo‘nalishlarni amalga oshirmoqchimiz.

    Birinchidan: O‘zbekiston Ekologik partiyasi “Yashil taraqqiyot – farovonlik asosi!” shiori ostida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish g‘oyasini ilgari surmoqda.
Xabaringiz bor, jahonning eng ilg‘or mamlakatlari “yashil” iqtisodiyotga o‘tish ishlarini allaqachon boshlab yuborgan. Chunki dunyoning bugungi qiyofasi, tiklab bo‘lmas ekologik falokatlar va atrof muhitga yetkazilayotgan ulkan zararlar mana shuni taqozo etadi. O‘zbekiston 2019 yilda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi”ni qabul qildi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki mamlakatda uglyerod sarfini keskin kamaytirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar etarli emas.
Ushbu g‘oyani amalga oshirishda ustuvor vazifalar etib quyidagilar belgilangan:
davlat byudjeti, bank va moliya institutlari, xususiy sektor mablag‘larini ekologik toza, enyergiya tejamkor loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan “yashil” moliyalashtirish tizimini rivojlantirish;
davlat xaridlari tizimida “yashil” xaridlarga ustuvorlik byerish;
“yashil” texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovasion loyihalarni moliyalashtirish hajmlarini oshirish, sanoat korxonalarini “yashil” texnologiyalarga o‘tishini iqtisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
tarmoqlar va hududlarning “yashil iqtisodiyotga o‘tish indeksi”ni ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotida “yashil” iqtisodiyot ulushini 30 foizga yetkazish, shu asosda yillik iqtisodiy o‘sish sur’atini 7 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash;
qayta tiklanuvchi va muqobil enyergiya manbalaridan foydalanishga o‘tish, qayta tiklanuvchi va muqobil enyergiya ishlab chiqaruvchilarga keng iqtisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
davlat tomonidan “yashil” ish o‘rinlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy malakali kadrlarni tayyorlash;
Biz “yashil” iqtisodiyot tamoyillari asosida mamlakatni jadal rivojlantirishga keng tadbiq etishning qayta tiklanuvchi va muqobil enyergiya huquqiy asoslarini ishlab chiqish hamda tejamkor sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish choralarini ko‘ramiz. Bu esa mamlakat miqyosida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini o‘rtacha 25-30 foizgacha oshirish imkonini byeradi.
Iqtisodiyotda ikki karra enyergiya samaradorligiga erishish, “yashil” tariflarni joriy etish, yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali. qayta tiklanuvchi va muqobil qayta tiklanuvchi enyergiya manbalari ulushini bugun mamlakatda amal qilayotgan umumiy enyergiya balansida 40 foizga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
    Ikkinchidan: Ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, ya’ni dunyo miqyosida tobora global muammoga aylanayotgan maishiy va sanoat chiqindilarini tartibga solish.
Sanoat korxonalarida yiliga o‘rtacha 109,0 mln. tn sanoat chiqindilari hosil bo‘ladi, bugungi kunda ularning 6,5 mln. tn., ya’ni 6 foizigina qayta ishlanmoqda.
Sanoat chiqindilardan 91,5 mln. tn.si, ya’ni 84 foizi Navoiy va Toshkent viloyatlarida faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavjud 9,5 ming ga maydondagi 75 ta sanoat chiqindi poligonlarida 3,3 mlrd. tn. sanoat chiqindilari saqlanmoqda.
So‘nggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori me’yordan 4 baravar oshgan. Atmosfyeraga tashlanmalarning 90 foizi Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Navoiy, Buxoro, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus shaharlariga to‘g‘ri keladi.

    Ma’lumki, hosil bo‘layotgan sanoat chiqindilarini 84 foizi (2,69 mlrd. tn.) Toshkent va Navoiy viloyatlariga, ya’ni Olmaliq (1,34 mlrd. tn.) va Navoiy (1,35 mlrd. tn.) kon-metallurgiya kombinatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu korxonalarda chiqindilarning deyarli 90 foizi chiqindi sifatida emas, ikkilamchi xom ashyo sifatida saqlanmoqda.
Jumladan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida saqlanayotgan chiqindining 99 foizi ya’ni 1,34 mlrd. tn. pulpa (oltin rudasini qayta ishlash natijasida xosil bo‘lgan chiqindi) hisoblanib, uning tarkibida 3 foizgacha oltin bo‘lishi mumkin.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida saqlanayotgan chiqindining 99 foizi ya’ni 1,33 mlrd. tn. tog‘ rudasini qayta ishlash natijasida xosil bo‘lgan chiqindi hisoblanib, ularning tarkibidan metallarni ajratib olish texnologiyalarni jalb etish lozim.
O‘zbekiston Respublikasida sanoat chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni 10 yillik  strategiyasini ishlab chiqish zarur.
Afsuski, keyingi yillarda atrof-muhitga chiqarilayotgan chiqindilar va ularni qayta ishlash masalasida kompleks yondashuv etishmayapti. O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni allaqachon bugungi kun talablariga javob byermay qolgan.
Mamlakatimizda hamon saqlanib qolayotgan chiqindi poligonlari masalasi juda muhim, echimi kechiktirilmas muammoga aylangan. Hozir yurtimizdagi 235 poligondan yiliga atmosfyeraga 3,3 million tonna issiqxona gazlari tashlanmoqda. Ular yerosti suvlari va tuproqni ham ifloslamoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, sanitar tozalash korxonalarining qamrov ko‘rsatkichini 100 foizga yetkazish uchun 2022 yilda 300 ta maxsus texnika vositasi jalb qilish, 2025 yilgacha 95 ta chiqindini qayta yuklash ko‘chma stansiyasi tashkil etish, qayta yuklash stanasiyalarini 420 ta maxsus texnika vositasi va 520 ta konteynyer bilan ta’minlash, 2028 yilgacha 167 ta poligonni yopish va rekultivasiya qilish zarur. Bunday keng ko‘lamli investisiyalarni amalga oshirish uchun xususiy sektorni yanada keng jalb  jalb etish choralarini kurish lozim. Bunda DXSh ga aloxida axamiyat byeriladi.
Shu bois ham chiqindilardan ikkilamchi xom-ashyo sifatida foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunini yangi tahrirda qabul qilish zarur.
Rivojlangan davlatlarda 90 foizgacha qayta ishlashga jalb qilingan maishiy chiqindilarning bizda bor-yo‘g‘i 15-20 foizi qayta ishlanadi. Qolgan qismi esa, ekotizim uchun yana yangidan-yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Mazkur muammoni samarali hal etish maqsadida maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 60 foizga, hosil bo‘layotgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash miqdorini esa 30 foizga yetkazish buyicha dasturlarni kabul kilish maksadga muvofik. Bu bilan atrof muhit ifloslanishining oldini olish, poligonlarni kamaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ikkilamchi mahsulotdan ishlab chiqarishda samarali foydalanish hamda mahsulot tannarxining arzonlashishi kabi manfaatlarga erishish mumkin bo‘ladi.
    Uchinchidan: Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish.
Inson salomatligi va xavfsizligi uchun eng muxim masala  bo‘lgan markazlashgan ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirishimiz, buning uchun bu yunalishda bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur.
Ichimlik suv ta’minoti va kanalizasiya tizimlarini yaxshilash bo‘yicha dasturiy vazifalarni amalga oshirish orqali aholining ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetkaziladi.
Ushbu maqsadlarda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy islohotlar olib boriladi;
ichimlik suvi ta’minoti va kanalizasiya tizimlarini rivojlantirish, yangilarini qurish, eskirganlarini modyernizasiya qilish bo‘yicha manzilli dastur, loyihalar ishlab chiqilishi, ularni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish orqali shahar va tumanlarning ichimlik suvi hamda kanalizasiya tizimi ta’minoti yaxshilanadi;
qayta tiklanuvchi enyergiya manbalaridan foydalangan holda suvni chuchuklashtiruvchi lokal qurilmalar barpo etish orqali olis qishloq joylarda suv ta’minoti sezilarli darajada yaxshilanadi;
ichimlik suvi ta’minoti loyihalarida bozor mexanizmlarini joriy etishga, loyiha tashabbuskorining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar suv hisoblagichlarning o‘rnatilishi natijasida suv resurslaridan samarali foydalanishga erishiladi;
oqova suvlarni tozalash inshootlarining samaradorligi past bo‘lgan hududlarda, jumladan Angren, Guliston, Samarqand, Jizzax, Urganch, Nukus, Andijon, Chirchiq va Toshkent shaharlaridagi oqova suvlarni tozalash inshootlarini modyernizasiya qilish hamda yangilarini qurish choralari ko‘riladi.
Respublikamizdagi mavjud barcha inshootlar texnik va texnologik jihatdan aholidan kelayotgan maishiy chiqindi suvlarni tozalashga mo‘ljallangan. Korxonalardan oqizilayotgan chiqindi suvlar esa birlamchi lokal inshootlarda tozalanib, so‘ng oqava suv tarmoqlariga tashlanishi me’yorlarda belgilangan. Afsuski, bu me’yorlarga ishlab chiqarish korxonalari deyarli amal qilmaydi. Misol tariqasida Chirchiq oqava suvlarni tozalash inshootidan daryoga oqizilgan "rangli suv", bir qarashda aybdor aniq. Biroq, ikkinchi tomondan, bunday "rangli suv" tozalash inshootiga qayerdan kelib qoldi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
    Oldimizda turgan yana bir yirik masala atmosfyera havosining musaffoligini asrash bilan bog‘liq. 
    Insoniyat hayoti uchun eng muhim omil bo‘lgan atmosfyera havosini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarini ekologik normativlarga muvofiqligini ta’minlash strategik maqsadimiz bo‘lib qoladi. Atmosfyera havosini muhofaza qilishni ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim deb hisoblaymiz:
joylarda atrof-muhitni me’yoridan ortiq ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash orqali ularning texnologik jarayonlarini modyernizasiya qilish, yangi innovasion texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish;
atmosfyera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday xo‘jalik faoliyati turlarini ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan loyihalashtirishni ta’qiqlash;
Atmosfyera havosidagi kislorod nafaqat inson, balki borliqdagi har bir tirik organizm hayoti uchun zarur resurs hisoblanadi. Biz atmosfyerani asrash orqali ekotizimning har bir a’zosini muhofaza qilgan bo‘lamiz. Qolavyersa, zaharli gazlarning yog‘in vositasida tuproq va o‘simliklarga qaytib tushish sirkulyasiyasining ham oldi olinadi.
Shaharlar va sanoat hududlarida havoning ifloslanishi aholimiz salomatligiga jiddiy xavf solayotganini nafas yo‘llari, allyergiya kabi muayyan kasalliklarning avj olishi, yosharishi misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Mamlakatimizda atmosfyera havosini ifloslantirish darajasi bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi yaxshi ma’lum. Unga ko‘ra, 2020 yilda atmosfyeraga tashlamalar miqdori 2 mln 225 ming tonnani tashkil qilib, 2018 va 2019 yilga nisbatan 7 foizga (155,0 ming va 150,0 ming tonna) kamaygan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda havoning ifloslanishidan kelib chiqadigan yillik o‘lim darajasi, har 100 ming aholi soniga 81,1 ni tashkil qiladi. Holbuki aksariyat Evropa davlatlarida ushbu ko‘rsatkich 40 dan past, Ruminiya 59,3 va Bolgariyada 61,8 ni tashkil etadi.
Shu bois ham mamlakatimizning yirik va sanoati rivojlangan shaharlarida atmosfyera havosiga chiqarilayotgan uglyerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobarga kamaytirish eng muhim vazifalardan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu muammoga asosan yirik shaharlarimizda ko‘proq duch kelamiz. Ulardagi avtotransport vositalari, sanoat ob’ektlari, aholining maishiy chiqindilarni noto‘g‘ri utilizasiya qilishi – yoqishi oqibatida yuzaga keladigan zaharli moddalar ekotizimga etarlicha xavf solmoqda.
Jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilg‘i, elektr va boshka muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish bo‘yicha, 2021 yil 1 iyul sanasiga respublikada foydalanishda 3,0 mln donadan ortiq avtotransport vositalari bo‘lib, shundan 36,0 foizi benzin, 4,0 foizi dizel va 60,0 foizi gaz yoqilg‘isida harakatlanishga mo‘ljallangan.
Ifloslantiruvchi moddalarning yuqoriligi ishlab chiqarishning o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan sanoat korxonalaridagi chang-gaz tozalash uskunalarining ma’nan eskirganligidir.
Tahlillarga ko‘ra, respublikadagi mavjud 6,5 mingga yaqin chang-gaz tozalash uskunalarining 60 foizdan ortig‘i 10 yildan ortiq muddatda foydalanishda bo‘lib, ma’nan eskirgan.
Ayniqsa, Samarqand (77%), Surxondaryo (79%), Buxoro (82%), Xorazm (88%) viloyatlarida 10 yildan ortiq foydalanib kelinayotgan chang-gaz tozalash uskunalari mavjud.
Respublika bo‘yicha bir yilda o‘rtacha qariyib 6,5 mln tonna tashlanmalar korxona va tashkilotlarda hosil bo‘ladi va shundan 5,6 mln tonnasi (yoki 87,3 foiz) ChGTUlarga yo‘naltiriladi, shundan 5,5 mln tonnasi (yoki 85,2 foizi) ushlab qolingan va zararsizlantirilgan. Ulardan 4,6 mln tonnasi (yoki 83,6% foizi) utilizasiya qilingan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ChGTUlarga yo‘naltirilgan jami 5,6 mln tonna ifloslantiruvchi moddalar uskunalarning yaroqsizligi yoki unga eltuvchi quvurlarning nosozligi oqibatida atmosfyeraga bir yilda o‘rtacha 135,0 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar tozalanmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashlanmoqda.
Xalqaro qabul qilingan amaliyotga muvofiq ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha konsentrasiyasi normativlari asosida havo sifatini baholashning mavjud tizimini isloh qilish maqsadga muvofiq. Shaharlar va yirik sanoat majmualari atrofida atmosfyera havosi sifatini muntazam monitoring qilish stansiyalarini ko‘paytirish ularni zamonaviy jixozlar bilan ta’mirlash PM 10 va PM 2,5 ko‘rsatkichlarini kuzatib borish zarur.
    O‘zbekiston Ekologik partiyasi ilgari surayotgan dasturiy maqsadlar qatorida bioxilma-xillikni va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish masalasi ham o‘rin olgan. Shu maqsadda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonlarini mamlakat hududining 12 foiziga yetkazish, respublika hududining o‘rmon bilan qoplanganlik darajasini 7,6 foizdan 15 foizga yetkazishga alohida e’tibor qaratiladi.
    To‘rtinchidan: Biz barcha sa’y-harakatlarimizni mintaqamizda iqlim o‘zgarishining asosiy omili bo‘lgan Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovasion loyihalarni amalga oshirish orqali Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratamiz.
Buning uchun;
Orol muammosini hal etishga hamda bu muammoning Orolbo‘yi aholisi genofondiga va atrof-muhitiga salbiy ta’sirini yumshatishga jamiyatning barcha kuchlarini jalb etish hamda Orolbo‘yi mintaqasiga ekologik innovasiya va texnologiyalarni tatbiq etish ishlarini kuchaytirish;
qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali Orolbo‘yi hududiga Amudaryoning yuqori va o‘rta qismidan yiliga kamida 5-6 km3 hajmda suv yuborilishini ta’minlash;
Nukus, Buxoro, Urganch, Xiva, Navoiy, Mo‘ynoq kabi aholi yashash punktlari atrofida “yashil belbog‘lar” barpo etish hamda mazkur hududlardagi istirohat bog‘lari maydonlarini kengaytirish;
Orolbo‘yi hududining Qozog‘iston hamda Turkmaniston bilan tutash hududlarida transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish;
Global iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimi doirasida mamlakatda issiqxona gazlari ta’sirini qisqartirishni nazarda tutuvchi milliy strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish masalasi ham kun tartibidagi dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Beshinchidan: Biz mamlakatda davlat va jamiyat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovning samaradorligini, xalqimizning sud organlariga nisbatan qat’iy ishonchi va hurmatini oshirish borasida islohotlarni izchil davom ettiramiz.
Partiya tabiatni asrab-avaylash, mamlakatdagi daraxtlar va suv havzalarini, tabiiy yodgorliklarni salbiy antropogen ta’sirdan himoya qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni himoya qilish va ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini ilgari suramiz. Jismoniy va yuridik shaxslarning yer, suv va atmosfyera havosiga salbiy ta’siri uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, yetkazilgan zararni qoplashda “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili tarafdorimiz. 
Bu borada quyidagi vazifalarni ustuvor deb hisoblaymiz:
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fuqaroviy, ma’muriy, jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish;
atrof-muhitga yetkazilgan zararni o‘rnini qoplashning samarali mexanizmlarini joriy etish; 
davlat boshqaruv tizimida ekologiya sohasidagi ma’muriy islohotlarni amalga oshirish;
“Elektron hukumat” tizimini yanada keng joriy etish orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirish;
yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, sud jarayonlarida tenglik va tortishuv tamoyillarini to‘liq joriy qilish, advokaturani mustaqil, ishonchli huquqni himoya qiluvchi institutga aylantirish;
malakaviy yuridik yordam sifatini hamda advokat kasbining nufuzini oshirish, inson huquqlari sohasida ixtisoslashgan huquqshunoslar, xususan, ekolog-huquqshunoslarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish;
voyaga etmagan bolalar bilan huquqiy munosabatlarda odil sudlov institutlarini joriy etish, ularning huquq va manfaatlarini birinchi navbatda ta’minlash prinsipini qonunchilik va amaliyotga yanada samarali joriy etish.
    Fuqarolarga qulaylik yaratish, ortiqcha sarsongarchilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning vaqtini tejash maqsadida “Elektron hukumat” tizimini yanada keng joriy etish davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirishga alohida urg‘u byerilishi zarur. Ayniqsa, pandemiya sharoitida yoshi katta fuqarolarning davlat idoralari yoki aholiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar oldida uzundan-uzoq navbat kutib turishi bu eskicha boshqaruv tarzining haligacha yashab kelayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, joylarda elektron hukumatga murojaat qilish uchun bepul kompyutyer va intyernet tarmoqlarining yo‘lga qo‘yilishiga ham katta ehtiyoj bor.
    Aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda sud-huquq sohasidagi muammolarga osonlikcha echim topish mexanizmi yaratiladi. Barcha islohotlar inson manfaatlari uchun bunyod etilar ekan, avvalo, voyaga etmaganlarga nisbatan alohida munosabatni nazarda tutadigan odil sudlov institutlarini joriy etish, bolaning manfaatlarini birinchi navbatda ta’minlash prinsipini qonunchilik va amaliyotga yanada samarali tatbiq etishga qaratish eng odilona yondashuv bo‘lishi shubhasiz.
    Oltinchidan: Sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan va
madaniy-ma’rifiy sohalarni yanada rivojlantirish
Biz aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta’lim sifati darajasini ko‘tarish, ilm-fan rivojini jadallashtirish hamda madaniy-ma’rifiy sohalarni yanada yuksaltirishni davlat va jamiyatning ustuvor vazifalari, deb hisoblaymiz. Ushbu vazifalarga erishish maqsadida,
tibbiyot sohasida “Sog‘lom muhit – inson salomatligi!” shiori ostida:
aholi salomatligini saqlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, fuqarolarning o‘rtacha hayot davomiyligini oshirishga xizmat qiluvchi tibbiyot sohasidagi huquqiy baza takomillashtiriladi;
raqamli tibbiyotning asosiy infratuzilmasini yaratish, tibbiyot sohasining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, tibbiy texnika va dori-darmon ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi oshiriladi;
sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni prognoz qilish, baholash, yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmui amalga oshiriladi;
aholining kam ta’minlangan qatlamlari va ekologik nomaqbul hududlar aholisi uchun ijtimoiy tibbiy xizmat ko‘rsatishning huquqiy asoslari ishlab chiqiladi va joriy etiladi;
sog‘lom turmush tarzi hayotga keng tadbiq etiladi va ommaviy sport turlari yanada rivojlantiriladi, sog‘lom ovqatlanish madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha majmuaviy chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
inson sog‘lig‘iga salbiy ekologik omillarning ta’sirini bartaraf etish, sifatli va to‘liq tibbiy xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tibbiy sug‘urta mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha ishlar jadallashtiriladi;
aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtiriladi;
tibbiy sug‘urta, xususiy tibbiy yordam ko‘rsatish va farmasevtika sanoati rivojlantiriladi, dori vositalari sifati va narxi barqarorligi ta’minlanadi.
Aholi salomatligini mustahkamlash uchun sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish, ommaviy sport va jismoniy tarbiya rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, harakatsiz turmush tarzi bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishini kamaytirish ustuvor yo‘nalishimiz hisoblanadi.
Orolbo‘yi va boshqa ekologik nomaqbul hududlarda ekologik holatni tubdan yaxshilash bo‘yicha sanitar-epidemiologik monitoring tizimi rivojlantiriladi.
Ta’lim sohasida “Tabiatni fidoiylar saqlab qoladi!” shiori ostida:
“yashil” taraqqiyot tamoyillarini ta’lim va fanga integrasiya qilish;
 uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida ekologik ta’lim-tarbiya tamoyillarni keng joriy etish;
oliy ta’lim tizimida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashni ko‘paytirish;
maktabgacha ta’lim qamrovini 100 foizga, oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 40 foizga yetkazish;
uzluksiz ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirish va qo‘shimcha pedagogik ta’lim xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish;
ekologik tadqiqot va innovasion faoliyat ko‘lamini kengaytirish, biznes-inkubator va texnoparklarni tashkil etgan holda innovasion infratuzilmani rivojlantirish nazarda tutiladi.
Ilm-fan sohasida “Tabiatni avaylash – hayotni asrash!” shiori ostida:
ekologik toza, chiqindisiz va resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan ilm-fan rivojini jadallashtirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish asosida ilmiy mahsulotlar hajmi va innovasion mahsulotlar turlari kengaytiriladi;
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovasion faoliyatini iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ehtiyojlariga to‘liq moslashtirish, yuqori samarador ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish ko‘lami oshiriladi;
hududlarda ekotexnoparklar tashkil etish va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlanmalarini hududlarda keng joriy etish choralari ko‘riladi;
ekologik ilmiy-tadqiqot izlanishlarida ayollar va yoshlarning ishtiroki yanada oshiriladi;
ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, ilm-fanda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy shyeriklik rivojlantiriladi.
“Tabiat – kelajak avlodlardan olingan qarz!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy sohada quyidagi vazifalarni amalga oshirish muhim hisoblanadi:
jamiyatda yuksak ekologik madaniyatni shakllantirish, ona tabiatni, jumladan o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylash, ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hissini kuchaytirish;
jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha Milliy dasturni qabul qilish;
oila va mahalla tizimida insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirishga qaratish;
aholining atrof-muhit holati bo‘yicha xabardorligini oshirish, muntazam ravishda atrof tabiiy muhit holati yuzasidan milliy ma’ruza va tahliliy hisobotlarni nashr etib borish;
har bir insonda atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, atrof muhitga ta’sir darajasi yuqori bo‘lgan korxonalarning ekologik mas’uliyatini oshirish, yashil tashabbuslarni amalga oshirishga e’tiborni yanada kuchaytirish.
    Ettinchidan: Tashqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik munosabatlari mintaqasini yaratish g‘oyasini ilgari surmoqdamiz.
Tashqi siyosatning asosiy ustuvor vazifalari sifatida quyidagilarni belgilaymiz:
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosatini mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqaviy xavfsizlikning asosiy muammolarini, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilishga yordam byerishga qaratish;
    Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolarning suv va enyergetika resurslaridan oqilona foydalanish, transchegaraviy muhofaza etilayotgan hududlarni barpo etish va mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlashga qaratish;
mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy transport-tranzit infratuzilmasini rivojlantirish;
    Afg‘oniston bilan aloqalarni mustahkamlash jarayonlarini davom ettirish;
    Hamdo‘stlik davlatlari bilan o‘zaro, savdo-iktisodiy, investisiyaviy hamkorlik munosabatlarini tenglik, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olish asosida davom ettirish.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikni faol ravishda davom ettirgan holda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy muammolarga va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashamiz.
    Bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratamiz: 
    O‘zbekiston manfaatlariga mos keluvchi ekologiya va tibbiyot sohalarida BMT tomonidan qabul qilingan konvensiyalar va xalqaro bitimlarga qo‘shilish;
global va transchegaraviy ekologik muammolarni hal qilishda xorijiy davlatlar, avvalambor Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash;
dunyodagi ekologiya yo‘nalishidagi partiyalar va harakatlarining yadroviy, kimyoviy va biologik qurollarning tarqalishini oldini olish va kelgusida ularni butunlay yo‘q qilish siyosatida faol ishtirok etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish;
ekologik xavfsizlikni ta’minlash, O‘zbekistonda “yashil” taraqqiyot tamoyillarini joriy etishda samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
mamlakatda qayta tiklanuvchi enyergiya manbalaridan foydalanish loyihalarini rivojlantirishda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikni faol ravishda davom ettirgan holda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy muammolarga va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish tarafdoridir.
Aziz partiyadoshlar!
    Bir so‘z bilan aytganda bu yil partiyamiz birinchi marta muhim siyosiy jarayon bo‘lgan prezidentlik saylovida ishtirok etadi. Umuman olganda, biz bu saylovda qatnashib, O‘zbekiston rivojlanishi va ertangi kuni bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim tashabbuslarni mamlakatimizning siyosiy kun tartibiga qo‘ymoqdamiz. O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizning barcha fuqarolarini insonlarning sog‘lig‘ini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va bebaho tabiiy boyliklarini asrab-avaylashdek muhim vazifani bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi.

birds birds