Bizning safimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi nomzodi

Nodira Rejapova

Batafsil ma’lumot

  Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga byeriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 


  Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib byerish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanayotganlar orasida namanganlik Nodira Rejapova  o‘zining iqtidori, iroda va matonatini namoyon etib, yuqori natijalarga erishib kelmoqda.  Nodira fan va texnologiya bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi turli tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.


  Jumladan, Nodira O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi nomzodi, “Byeruniy” nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori, “Yil talabasi - 2019” tanlovining respublika bosqichida “Yilning eng faol innovator ixtirochi talabasi” yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshidagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash” instituti malaka oshirish o‘quv kursini tamomlagan.


  Namangan viloyati hokimligi tomonidan 2018 yil “Yilning eng faol targ‘ibotchi biznes trenyeri”, I.A.Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Ozod va obod vatanga baxshida umr”, “Hunarmand va tadbirkor qizlar uchun yangi obraz”, “Yosh tadbirkor-yurtga madadkor”, “Kelajak fyermyeri” hamda 2019 yil Namangan Investisiya va innovasiya markazi tomonidan tashkil qilingan “Innovasion loyihalar va ishlanmalar tanlovi”, “Yilning eng yaxshi innovasion ixtirochi talabasi”,  “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi,  besh muxim tashabbus doirasida “Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon” shiori ostida o‘tkazilgan tanlov, matematika va biologiya va fanlaridan respublika olimpiadalari g‘olibi bo‘lgan.


  Hozirda Nodira Namangan muhandislik texnologiyasi instituti professori R.Muradov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shu tadqiqotlar asosida Intellektual mulk agentligi tomonidan uchta ixtirosiga patent olgan.
O‘zbekiston Ekologik partiyasining faol a’zosi bo‘lgan Nodira Rejapovaning faoliyatiga omad tilaymiz!

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 3-kurs talabasi

Shoxistaxon Isroilova

Batafsil ma’lumot

  Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchillik bilan amalga oshirilayotgani, buning natijasida yurtimizda minglab iste’dod egalari kashf etilayotgani ayni haqiqat.

 

  Shulardan biri Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 3-kurs talabasi Shoxistaxon Isroilovadir. U O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a’zosi, institut iqtidorli talabasi, Respublika “Olima ayollar” Kengashi faol a’zosi, Respublika “Qizlar ovozi klubi” koordinatori hamdir. Shoxistaxon o‘tgan yili “Mis agrar” ko‘rik-tanlovida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

  Kuni kecha Shoxistaxon O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan partiya a’zoligiga qabul qilindi.

 

  Ekopartiya a’zolari safiga qo‘shilganimdan juda mamnunman, — deydi Shoxista Isroilova.— Biz yoshlar bundan buyon partiyada o‘z tashabbuslarimizni namoyon etib, atrof-muhit muhofazasiga o‘z hissamizni qo‘shamiz. O‘zimiz o‘rnak ko‘rsatib eng avvalo yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirishni maqsad qilganmiz.

 

  O‘zimiz o‘rnak ko‘rsatib eng avvalo yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirishni maqsad qilganmiz.

Andijonlik yosh hunarmand, hattotlik san’ati ustasi

Minxojiddin Qosimov

Batafsil ma’lumot

  Yurtimizda yoshlar tarbiyasi, ularning ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi islohotlarni hayotimizning boshqa sohalari bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan, tizimli, bosqichma-bosqich amalga oshiradigan strategiya belgilab olindi.

 

  Mazkur islohotlarning asosiy maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, iqtidorini jamiyat manfaatlari yo‘lida imkon boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat bo‘ldi.

 

  Andijonlik yosh hunarmand Minxojiddin Qosimov  hattotlik san’ati bilan shug‘ullanadi. U yaratgan namunalar bugungi kunda mamlakatimizda hattotlik bilan shug‘ullanayotgan usta hunarmandlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

 

  Yaqinda Minxojiddin Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning mamlakat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Eng mohir xattot” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

  Ishdan bo‘sh vaqtlarini ochiq tabiatda o‘tkazadigan Minxojiddin Qosimov atrof-muhit barqarorligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratib keladi. Shu bois u O‘zbekiston Ekologik partiyasi safiga kirishni  ixtiyor etdi va ariza bilan Ekopartiyaning Andijon viloyat Kengashiga murojaat qildi.

 

  Endilikda Minxojiddin Ekopartiya a’zosi.

 

  — Insoniyat oldidagi dolzarb vazifalardan biri — atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, flora va fauna olamini asrab-avaylashdir, — deydi M.Qosimov —Yurtimizda o‘simliklarning 4 yarim mingga yaqin turi o‘sadi. Biologik va landshaft rang-barangligi ham asosiy milliy boyliklarimizdan sanaladi. Ularni asrab-avaylashga barchamiz mas’ulmiz. Zero, biz ham ona tabiatning bir bo‘lagimiz.

Yosh partiyadoshimizning kelgusi ishlariga omad tilaymiz.

Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri

Shaxrillo To`xsanov

Batafsil ma’lumot

  Mamlakatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishida tom ma’noda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

 

  Yurtimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.

 

  So‘nggi yillarda o‘zining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo‘nalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda Vatan ravnaqiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, tengdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan faol va yetakchi yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish an’anaga aylandi.

 

 

  Yaqinda Davlatimiz rahbari Yoshlar kuni munosabati bilan faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotladi. Bular orasida Peshku tumanida voyaga yetgan, 4-IDUMIda tahsil olgan va hozirgi kunda o‘z faoliyatini shu tumanda davom ettirayotgan Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri, Shaxrillo To‘xsanov ham bor. Shaxrillo “Shuhrat” medali Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi. U ishdan bo‘sh vaqtlarida tabiat qo‘ynida sayr qilishni, o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganishga bolalagidan qiziqadi.

 

  Shu bois bo‘lsa kerak, O‘zbekiston Ekologik partiyasi safiga kirish maqsadida partiya tashkilotiga murojaat bilan chiqdi va uning bu murojaati ijobiy yechim topdi.

 

  Shaxrillo endilikda O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi.

 

— Bilasizmi, partiya safiga qo‘shilganimdan juda mamnunman. Boisi tabiatni har tomonlama muhofaza qilishni o‘z burchim deb bilaman, —deydi Sh.To‘xtasinov.

 

  Darhaqiqat, partiyamiz safi yana bir iste’dod egasi bilan kengaydi.

 

  Yurtimizda Shaxrillo singari yoshlar bor ekan, mamlakatimiz madaniyati va san’ati o‘sishda, rivojlanishda davom etadi. Tabiat jonkuyari bo‘lgan Shaxrilloning kelgusi ishlariga rivoj tilaymiz.

Ko‘p qavatli qurilish fermasi kran mashinisti

Shodiyona Saydullayeva

Batafsil ma’lumot

  Keyingi yillarda yurtimiz hududlarida ulkan qurilish ishlari olib borilmoqda. Xususan yirik shaharlarimizdagi keng miqyosdagi qurilishlar shular jumlasidandir. Navoiy shahri markazidan turib atrofga boqsangiz, ko‘p qavatli binolar qurish uchun tiklangan o‘nlab minorali kranlarga ko‘zingiz tushadi. Ayni shu kranlardan birini mashinist Shodiyona Saydullayeva boshqaradi.

 

  Uch yildirki, Shodiyona ko‘p qavatli uylarni qurishda bevosita ishtirok etyapti. U hatto yigitlar chiqishga hayiqadigan balandlikka har kuni 5-6 marta chiqib-tushadi.

 

  Har bir inson yoshlikdan biror kasbni egallashni maqsad qiladi. Shodiyona ham bolalikdan mashinalarga mehr qo‘ygan. Imkon topildi deguncha dadasining “Moskvich” mashinasini haydab qolgan ekan.

 

  “Dadamning mashinasini bir necha marta devorga, daraxtga urib olganman. “Moskvich” bo‘lgani uchun ko‘p shikast yetmagan. Dadam mendan bezor bo‘lgach, mashinasini sotib yuborgandi.

 

  Umuman olganda, yoshligimdan temir-tersakka qiziqqanman. Katta yuk mashinalarni, bahaybat kranlarni ko‘rganimda ularni boshqarishni orzu qilardim. Mana, orzumga yetdim - minorali kran boshqaryapman.

 

  Kranga chiqib-tushishdan qo‘rqmayman. Bu men uchun oddiy mashg‘ulot bo‘lib qolgan. Balanddan turib shaharni kuzatish doimo qiziqarli”, - deydi u.

 

  Ota-ona farzandining xavfsizligini o‘ylaydi. Shodiyona ham bu kasbni egallashini aytganida ota-onasi norozi bo‘lgan. Ammo u shashtidan qaytmagan, ustozidan minorali kran boshqarishni o‘rgangach, sohada o‘qib, guvohnoma olgan.

 

  “Yaqinda, 30 iyun kuni Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim. Bu medalni shaxsan Davlatimiz rahbarining o‘zlari taqib qo‘ydi. Qaysi kasb egasi bo‘lmang, halol mehnat qilsangiz, albatta mehnatingiz e’tirof etilar ekan”, - deydi Shodiyona Saydullayeva.

 

  Shodiyonaning ish kuni asosan kran ustida o‘tadi. U hali ko‘plab baland binolar qurilishida ishtirok etish niyatida.

 

  Yaqinda Shodiyona O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zo bo‘ldi. Uning bunday qarorga kelishiga atrof-muhit bilan bog‘liq jarayonlarga befarq emasligidir.

 

  —Men ozodalikni targ‘ib qilishni, tabiatni butun vujudingiz bilan sevishni targ‘ib qilish tarafdoriman, —deydi Sh.Saydullayeva.— Zero, tabiat bor ekan, insoniyat yashashda davom etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidagi Bolalar va o‘smirlar maktabi o‘quvchisi

Iroda Gayepova

Batafsil ma’lumot

  Xalqimizning istiqboli, ertangi kunining poydevori bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodga munosabat, yoshlarning o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va boshqa omillarda namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda yurtimizda so‘nggi yillarda yoshlar masalasiga davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda.

 

  Joriy yilning 4-6 iyul kunlari poytaxtimizda o‘tkazilgan sportning sambo turi bo‘yicha o‘tkazilgan chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidagi Bolalar va o‘smirlar maktabi o‘quvchisi Iroda Gaipova mamlakat miqyosida faxrli birinchi o‘rinni, Osiyo mintaqasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

 

  Yosh sportchi qizning aytishicha, mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda ona tabiat quchog‘ida bo‘lish unga zavq bag‘ishlashi barobarida atrof-muhitni muhofaza qilishni o‘z burchi deb biladi.

 

  Yaqinda Irodaga Qo‘ng‘irot tumani hokimligi tomanidan kompyuter jamlanmasi topshirildi. Ana shunday quvonchli damda u O‘zbekiston Ekologik partiyasi safiga qabul qilindi.

 

  — Men, tabiatning ongli a’zosi sifatida uni muhofaza qilishini o‘z burchim deb bilaman, — deydi Iroda. —Shu bois Ekologik partiyaga a’zo bo‘lishni ixtiyor etdim va men endi partiya a’zosiman. Bundan juda mamnunman.

 

  Tadbir yakunida Ekopartiyaning Qo‘ng‘irot tumani Kengashi tomonidan Iroda Gaipovaga partiyaning a’zolik biletlari hamda kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Qarshi shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining chaqiruvgacha yoshlarni tayyorlash rahbari

Qurbonov Bobur Samadullo

Batafsil ma’lumot

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh insonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan faxriy unvonlar bilan taqdirlangan edi.

 

 

Taqdirlanganlar orasida Qarshi shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining chaqiruvgacha yoshlarni tayyorlash rahbari Qurbonov Bobur Samadullo o‘g‘li ham bor.

birds birds