calendar 15 Avgust 17:32

Chiqindilar bilan qanday ishlanadi?

Yaponiyada chiqindilarga oid qoidalar mahalliy munitsipalitet tomonidan, to‘g‘rirog‘i mahalliy hukumatlarga qarashli zavodlar tomonidan ishlab chiqiladi. Aholi chiqindilarni turlarga ajratgan holda chiqindixonalarga tashlashga majbur. Bunda chiqindi yonadigan va yonmaydigan turga bo‘linadi. Shu sababli ham «kun chiqar yurt»da mahsulotlar narxi ham yonadigan va yonmaydigan idishlarga solinishi bilan farq qiladi.

 

Xitoy poytaxti Pekinda aholi chiqindilarni qayerga tashlashdan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Ular ertalab uylaridan chiqqan axlatlarni chiqindi yig‘uvchilarga pullashadi. Chiqindi yig‘uvchi esa chiqindilarni shahar chetidagi Dong Syao Kou qishlog‘iga eltadi. Bu qishloqda chiqindilarning barcha turi bo‘lib, ishchilar saragini sarakka, puchagini puchakka ajratishadi.

birds birds