calendar 17 Avgust 16:15

Jahon mamlakatlarida

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida «aqlli» chiqindi qutilari o‘rnatilgan. Ular chiqindi saqlashdan tashqari, axborot manbai vazifasini ham bajaradi.

 

Yuqori texnologiyaga asoslangan «aqlli» qutilar quyosh batareyasidan quvvat olib, avtomatlashtirilgan tarzda mustaqil ishlaydi. Quti chiqindini presslaydi, paketlarga solib, hidsizlantiradi va hatto, to‘lganini «o‘zi bilib», maxsus chiqindi tashuvchi avtomashinani chaqiradi. «Aqlli» chiqindi qutilari narxi qimmatligi bois hozircha mamlakatning asosan sayyohlik markazlariga o‘rnatilmoqda.

birds birds