Targ‘ibot tadbirlari Romitan tumanida davom ettirildi
Prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayyevning saylovoldi dasturida belgilangan asosiy vazifalar bilan jamoatchilikni yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida hududlarda targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
Shular qatorida Buxoro viloyatining Romitan tumanida ham mana shunday targ‘ibot tadbirlari partiya faollari tomonidan keng qamrovda o‘tkazildi.
Unda nomzodning saylovoldi dasturi haqida saylovchilarga atroflicha ma’lumotlar berilib, dasturdan o‘rin olgan muhim taklif va tashabbuslar aks yetgan tarqatma materiallari tarqatildi.